Davlat va jamoat arbobi, Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Otaxonovich Jabborov og‘ir xastalikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
To‘lqin Jabborov 1950-yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1996−2004-yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida ish yuritgan. 2000−2005-yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.
U rahbarlik qilgan yillarda viloyatning qishloq xo‘jaligi, qurilish, agrar kabi sohalar rivojiga hissa qo‘shgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Ajoyib inson, fidoyi rahbar To‘lqin Otaxonovich Jabborovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi”, — deyiladi xabarda.