Islom Karimovning sharhsiz va izohsiz suratlari
Islom Karimovning shaxsiy fotosuratchisi Farxad Kurbanbayev va fotorassom Temur Kurbanbayev tomonidan tayyorlangan va "Islom Karimov: Ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson" fotoalbomiga kiritilgan suratlar

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi va Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi 2020-yili "Islom Karimov: Ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson" nomli fotoalbomni jamoatchilik e'tiboriga havola qilgan edi. 2-sentabr — O'zbekiston birinchi prezidentini xotirlash kunida "Gazeta.uz" yuzlab suratlardan iborat fotoalbomga kiritilgan suratlarning ayrimlarini qayta nashr etishga qaror qildi.

Islom Karimov va uning rafiqasi Tatyana Karimovaning xorijiy safarlari va O'zbekistondagi tadbirlar davomida olingan hamda 2020-yilgi fotoalbomga kiritilgan suratlari uzoq yillar birinchi prezidentning shaxsiy fotosuratchisi sifatida ishlagan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Farxad Kurbanbayev va fotorassom Temur Kurbanbayev tomonidan taqdim etilgan.

Tatyana Karimovaning qayd etishicha, "albomning yaratilishi bir necha dona oq-qora rangli fotosuratdan boshlangan".

"Uzoq yillar davomida birinchi prezidentning matbuot xizmatida fotosuratchi bo'lib ishlagan Farxad Kurbanbayev menga Islom Abdug'aniyevichning hayoti bilan bog'liq ayrim lahzalar aks etgan suratlarni ko'rsatdi. Fotosuratlarning noyobligi muallifning yondashuvida, tanlangan rakursda edi. Ya'ni, uchrashu va suhbat ishtirokchilari rasmiyatchilikdan xoli, erkin va samimiy holatda, kameraning ziyrak "nigohi"ni sezmayotgandik edi go'yo", — deya ta'kidlaydi Tatyana Akbarovna albomdagi kirish so'zida.
реклама
реклама
"Islom Karimov: Ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson" fotoalbomi, unda ta'kidlanishicha, "birinchi prezidentimiz hayotining yorqin lahzalari — oddiy insonlar, yoshlar hamda turli davlat rahbarlari bilan uchrashuvlari haqida hikoya qiladi". Ayni vaqtda, suratlarga hech qanday izoh yo sharh berilmagan, suratlar bo'yicha ma'lumotlar ko'rsatilmagan. "Chunki ularda bevosita birinchi prezident boshqaruvi davridagi muhit xolis va haqqoniy aks ettirilgan", — deya Tatyana Karimova suratlar sharhsiz berilganini izohlagan.
реклама
реклама
реклама
реклама
реклама
реклама
Fotosuratlar 2020-yilda e'lon qilingan "Islom Karimov: Ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson" fotoalbomidan olingan. Fotoalbom uchun fotosuratlar Farxad Kurbanbayev va Temur Kurbanbayev tomonidan taqdim etilgan.
"Gazeta.uz" internet-nashrida e'lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Қизиқарли нарсаларни биласизми? У ҳақида бошқаларга айтиб бермоқчимисиз? Ўз ҳикоянгизни sp@gazeta.uz электрон манзилига юборинг.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting