«Kichik va oʻrta biznes uchun kredit berishni yengillashtirishga harakat qilishimiz kerak»
— Ulugʻbek Tavakkalov KOʻB sohasida bank mahsulotlarini rivojlantirish haqida.
ASUS o'zining ExpertBook seriyali biznes noutbuklarini doimiy ravishda yangilab boradi. Bu biznes segmentida yetakchi o'rinlardan birini egallagan yuqori samadorlikka ega va ixcham ultrabuklardir.

Yaqinda brend 16 dyuymli ekran, 13-avlod Intel Core platformasi, to'liq portlar to'plami, tez quvvatlash va ko'p qatlamli ma'lumotlarni himoyalash tizimiga ega yangilangan ExpertBook B5 OLED modelini taqdim etdi.
ASUS vakillari Tenge Bank boshqaruvi raisi o'rinbosari Ulug'bek Tavakkalov bilan shaxsiy va korporativ ma'lumotlarni saqlashning ahamiyati, banklarning kichik va o'rta biznes sektorida rivojlanayotgani, KO'B uchun ommabop va kam baholanayotgan kreditlash mahsulotlari hamda kreditlash uchun tadbirkorlik subyektlari loyihalarini tanlash mezonlari haqida suhbatlashdi.
Ulug'bek Tavakkalov
Tenge Bank boshqaruvi raisi o'rinbosari
Oxirgi 5 yil ichida kichik va o'rta biznes subyektlari soni 2 barobarga, kichik va o'rta biznes subyektlari tomonidan taqdim etilgan kreditlar portfeli esa 5 barobarga oshdi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda har 33 nafar aholiga KO'B to'g'ri keladi. Ya'ni O'zbekistonning har 33 nafar fuqarosi xususiy biznes, patent yoki kompaniyaga ega. Qozog'istonda bu har 7-aholiga to'g'ri keladi. Oʻzbekistonda kichik biznes subyektlari soni 462 mingtani, Qozogʻistonda 1,732 mln tani tashkil etadi. Bundan tashqari, bizda iqtisodiy faol aholi deyarli 2 barobar ko'p: O'zbekistonda 15,1 mln kishi, Qozog'istonda esa 9,27 mln kishi.
Bu raqamlar tadbirkorlik subyektlari soni bo'yicha ham, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bo'yicha ham bizda o'sish imkoniyati borligini ko'rsatadi. Aholi zich joylashgan O'zbekistonda kichik va o'rta korxonalar bandlik masalalarini hal qilayotganini ham alohida qayd etish lozim.
Aksariyat hollarda KO'B subyektlari uchun bank xizmatlari raqamlashtirilmagan (xodimlar bo'yicha hisob-kitoblar va ish haqi to'lovlari bundan mustasno) va KO'B subyektlariga jismoniy tarzda xizmat ko'rsatiladi. Kredit berish, hatto doimiy mijozlarga ham 3-10 kun ichida amalga oshiriladi, bunda mijozlar o'nlab hujjatlarni taqdim etishlari va bank koridorlarida uzoq kutishlari kerak bo'ladi.
Mijoz ma'lumotlarini himoya qilish haqida
Ilgari, 10-15 yil oldin, kiberxavfsizlik masalasi dolzarb emas edi, chunki ma'lumotlar almashinuvi qog'oz muomalasi orqali amalga oshirilardi. Endi vaziyat keskin o'zgardi: elektron ma'lumotlar bazalari va almashinuv tizimlari, tashqi serverlarda, turli elektron tizimlarda saqlash imkoni paydo bo'ldi.
Va endi bank sizning identifikatsion ma'lumotingizni (tahririyat eslatmasi: STIR – yuridik shaxslarda, JShShIR – jismoniy shaxslarda) olgan holda, sizning ishtirokingizsiz har doim ko'plab ma'lumotlarni olishi mumkin: masalan hisob raqami va karta aylanmasi, daromadlar, to'lovlar, dividendlar, kontragentlar, kreditlar, to'lov intizomi va boshqalar.
Tabiiyki, har qanday bank ma'lumotlaringiz xavfsizligi haqida qayg'uradi. Axir, nazariy jihatdan, siz haqingizda to'plangan ma'lumotlar uchinchi shaxslar qo'liga tushib qolishi va firibgarlar tomonidan tarqatib yuborilishi mumkin. Ma'lumotlarning sizib chiqishi xavfi har doim mavjud, shuning uchun endi barcha banklar uchun global vazifa mijozlar haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishdir.
So'nggi bir necha yil ichida bank mijozlari firibgarlar tomonidan hujumlarga uchradi. Bank xodimi niqobi ostida firibgar karta ma'lumotlarini olishi va ulardan pul mablag'larini yechib olishi yoki mumkin bo'lgan muvaffaqiyatli tranzaksiya niqobi ostida xayoliy sherik avans to'lovini olishi kabi ijtimoiy muhandislik yo'llari rivojlanmoqda.
Yuridik shaxslar to'g'risidagi shaxsiy ma'lumotlarning qiymati qanday? Yuridik shaxslar uchun tashqi ma'lumotlar bazalarida balans (moliyaviy holat), kontragentlar (qarzdorlar / kreditorlar), asosiy vositalar miqdori va xodimlar soni to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud. Ushbu ma'lumotlarning potensial sizdirilishi boshqa kompaniyalar uchun katta raqobat ustunligini ta'minlaydi. Axir, agar raqobatchi sizning hisobingizda qancha pul borligini, u qayerdan kelganini, qayerga sarflayotganingizni aniqlasa, u sizning imkoniyatlaringizni to'liqligicha ko'ra oladi. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, raqobatchi sizga bitimlar tuzishda muammolar yaratishi, sizni chalg'itishi, mijozlarni o'z tomoniga og'dirishi mumkin.
Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish nafaqat bank sohasida, balki har qanday biznesda ham muhimdir. Ma'lumotlar xavfsizligi zamonaviy kompaniya ishidagi eng muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ASUS ExpertBook B5 xavfsizlik funksiyalarining to'liq to'plami bilan jihozlangan, jumladan TPM 2.01 kriptoprotsessori, kensingtoncha slotlar uyasi, USB port nazorati, Face ID qulfini ochish texnologiyalari ham undan o'rin olgan.
Mahsulotni raqamlashtirishning ahamiyati haqida
So'nggi besh yil ichida banklar mahsulotlarni va mijozlar uchun xizmatlarni raqamlashtirishga kirishishdi va chakana (jismoniy shaxslar) yo'nalishi bo'yicha bu vazifani juda yaxshi bajarishdi. Bugungi kunda kreditlar olish, omonat ochish, to'lash, pul o'tkazish, valyuta ayirboshlash va hokazolarni amalga oshirish mumkin. Ya'ni, mijoz bankka kelmasdan turib masofadan turib amalga oshirishi mumkin bo'lgan ko'plab operatsiyalar.
Agar KO'B haqida gapiradigan bo'lsak, vaziyat unchalik aniq emas. Va mana nima uchun:

  1. Bankda tadbirkorlik subyektini onlayn ro'yxatdan o'tkazish imkoniyati yo'q.
  2. Bir zumda, masofadan turib kredit olishning imkoni yo'q.
Siz besh yil ketma-ket qarz olishingiz va kreditlarni o'z vaqtida to'lashingiz mumkin. Ammo yana bir kredit olish uchun siz hali ham bir hafta vaqt sarflashingiz va o'nlab hujjatlarni rasmiylashtirishingiz kerak. Kechki soat 21:00 da bironta ham tadbirkor yaxshi chegirma hisobiga kreditga pul olib, yonayotgan import shartnomasi bo'yicha sherigiga jo'nata olmaydi. "Biz siz bilan shartnoma tuzishga tayyormiz, lekin hozir menga bankimdan ruxsat olishim uchun vaqt kerak", – bu iborani hamkorlar ko'p eshitishadi.
Bu bir tarafdan to'g'ri, chunki avval o'nlab hujjatlar va qog'ozlarni to'plash, biznes-reja yozish, garovni baholash (bu bank oldida 10-marta qo'yilayotgan), biznesni kredit bo'yicha mutaxassisga ko'rsatish, qo'mita ta'minlaydi tasdig'ini kutish (bu uzoq vaqt talab etadi), omonatni sug'urta qilish va rasmiylashtirish kerak bo'ladi.
Bu biznes jarayoni hali modernizatsiya qilinmagan, banklar hanuzgacha eski usulda – qog'oz hujjatlar, mustahkam garov asosida kredit berishadi, oldindan tasdiqlangan kreditlar amaliyotga tatbiq etilmaydi.
Raqamlashtirilgan bank mahsulotlari nafaqat mijozlarga tezkor yechimlarni taqdim etish, balki mahsulot va xizmatlarni iloji boricha mijozlarning individual ehtiyojlari va imkoniyatlariga moslashtirish imkonini beradi.
Biz, Tenge Bank, Qozog'istondagi Halyk Bank`ning sho'ba korxonasi bo'lib, u yerda yuridik shaxslarni masofadan identifikatsiyalash hamda kichik va o'rta biznes kreditlarini ikki yoki uch klik yordamida onlayn tasdiqlashni allaqachon yo'lga qo'yganmiz.
Ushbu tajribaga asoslanib, bu yil biz mijozlarning biznes yo'lini raqamlashtirish loyihasini ishga tushirdik, bu esa yuridik shaxslar uchun onbordingga ega tezkor ma'qullash bilan kredit konveyerini yaratishni o'z ichiga oladi. Bizning hisob-kitoblarga ko'ra, biz 2024-yil boshida ushbu yechim bilan bozorga chiqamiz.
Bundan tashqari, uch oy oldin biz Tenge Business yuridik shaxslar uchun masofadan turib depozitlarni ochish, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va hisobni to'liq boshqarish imkoniyatiga ega mobil ilovasini ishga tushirdik.
ASUS, shuningdek, yildan-yilga takomillashtirilgan modellarni chiqarish orqali biznes-foydalanuvchilarga g'amxo'rlik qilmoqda. ExpertBook B5 elektron imzo orqali tranzaksiyalarni tasdiqlash bilan "Bank-mijoz" bank yechimlarini osongina hal qila oladi. O'zining 16 dyuymli ekrani tufayli u yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish va ular ustida ishlash, ish haqi jadvallarini yaratish, 1C yoki Didox`da hisob-kitoblarni yuritish, hisob-fakturalarni rasmiylashtirish juda qulay.
Aylanma kapitalni to'ldirish uchun kredit vositalarining turlari
Klassik mahsulot — aylanma kapitalni to'ldirishi kreditidi. Bu aylanma kredit liniyasi: mijozga qisqa vaqt ichida zudlik bilan pul kerak bo'lgan paytda qo'l keladi. Tadbirkor qisqa vaqt ichida pul mablag'larini tezda olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak, pul ortiqcha bo'lsa, uni qaytarib beradi. Foiz stavkasining kattaligi muhim rol o'ynamaydi, bundan ham muhimi kredit limitini o'zgartirish imkoniyati, bu mahsulot Bosh shartnoma bo'yicha uch yil muddatga (bitta limit) garov shartnomasi bilan (bitta garov) butun davr uchun amalga oshiriladi.
Ushbu mahsulotning muqobili esa eksport-import operatsiyalari uchun foydalaniladigan kredit liniyasi bilan savdoni moliyalashtirishdir. U qanday ishlaydi? Misol uchun, siz profilli quvurlar ishlab chiqarasiz, sizning bankingiz doimiy ravishda po'lat sotib olish bo'yicha import shartnomasi bo'yicha to'lovlarni amalga oshiradi. Moliyalashtirish aylanma kapitaldan kelib chiqadi. Bank har doim hamkor bankning kredit liniyasi hisobidan akkreditiv ochishda to'lov bilan mahsulotning navbatdagi partiyasi uchun akkreditiv ochishi mumkin.
Savdo moliyasi bilan ta'minlangan muddatda ishlab chiqaruvchi xomashyoni chetdan olib kirish, mahsulot ishlab chiqarish va ichki bozorda sotish va shu orqali tovar aylanmasini oshirishga erishadi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi to'langan komissiyalar va foiz stavkasida yutadi, chunki dastlabki ikki oydan boshlab akkreditiv, keyingi ikki-uch oyda esa savdoni moliyalashtirish ishlaydi.
Agar ichki bozor haqida gapiradigan bo'lsak, bu yerda faktoring juda yaxshi rivojlanishi mumkin. Menimcha, bu boshqalar tomonidan past baholangan mahsulotdir. U qanday ishlaydi?
Masalan, siz yirik chakana savdo tarmoqlariga mahsulot yetkazib beruvchisiz. Bir necha yil davomida siz oziq-ovqat yetkazib berdingiz va yetkazib berilgan partiya uchun to'lovni kutmoqdasiz. Ko'pincha, to'lov yetkazib berilgan kundan boshlab 2-4 hafta kechikish bilan amalga oshiriladi, bu esa aylanma kapitalni muzlatib qo'yadi.
Va bunda faktoring kompaniyasi paydo bo'lishi mumkin, unga ko'ra, masalan, hisob-fakturani olgandan so'ng, yetkazib beruvchiga butun miqdorni, aytaylik, 3% chegirma bilan bank to'lab beradi. Bunday vaziyatda hamma yutadi: chakana sotuvchi tovarni oladi, yetkazib beruvchi o'z pulini oladi, faktoring kompaniyasi o'z komissiyasini – ya'ni partiya uchun to'langan va qoplangan summa o'rtasidagi farqni oladi. Va bularning barchasi minimal xavf darajasi evazigа.
ASUS shuningdek, kichik va o'rta korxonalar uchun eksklyuziv imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Misol uchun, mijoz moslashuvchan kafolat dasturlarini muhokama qilishi yoki o'z xodimlarining o'ziga xos ehtiyojlariga mos keladigan maxsus kompyuter konfiguratsiyasiga buyurtma berishi mumkin.

ASUS jamoasi mijozlar so'rovlariga tez javob bera oladigan mutaxassislarni ishga yollaydi. Brend B2B yo'nalishida faol rivojlanmoqda, shu sababli brend loyiha bitimlari hamda o'rta va kichik biznes ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdordir.
Banklar qarz oluvchilarni qanday mezonlar bo'yicha baholaydi?
Banklar va ularning mijozlari o'rtasida uzoq muddatli ishonch munosabatlari o'rnatilishi zarur. Bunda banklar bir qancha omillarga alohida e'tibor qaratishadi:
Ushbu omillar bankning qarorini 30% ga shakllantiradi
Biznes egasi va direktoriga. biznesni tushunish malakasi va darajasi, loyiha iqtisodiyotini tushunish, ishbilarmonlik obro'si, buxgalteriya hisobi holati (masalan, buxgalteriya tizimlari va malakali buxgalterning mavjudligi) va boshqaruv..

Sanoat holatiga. Misol uchun, turizm sanoati, aniq sabablarga ko'ra, o'sib bormoqda, shuning uchun bunday loyihalar kamroq xavfga ega.
Ushbu omillar bankning qarorini 70% ga shakllantiradi
Biznesga. bozorda savdo qilish vaqti, mahsulotlarni sotish uchun shakllangan kanallarning mavjudligi, xom ashyo bazasining mavjudligi, muhandislik kommunikatsiyalarining barqaror ishlashi, o'z ishlab chiqarish va omborxonalari hamda boshqalar, ESG standartlariga muvofiqligi.

Moliyaviy holatga. kompaniyaning qarz yuki (ssudalar barcha kreditorlik qarzlari nazarda tutilmoqda), majburiyatlarni joriy aktivlar bilan qoplash, aylanma kapitallarning aylanishi, rentabellik. Hisoblar bo'yicha aylanmaning barqarorligi va o'tgan yil davomida 2-karotekaning yo'qligi.

Kredit tarixiga. Agar tadbirkor ilgari banklardan kredit olgan va qaytargan bo'lsa, o'z majburiyatlariga yuqori mas'uliyat va intizom bilan munosabatda bo'lgan bo'lsa – bu ideal qarz oluvchidir.
Bu omillarning ijobiy baholanishi bankning garovga bo'lgan talablarini pasaytiradi, eng muhimi, foiz stavkasi pasayadi (chunki defolt xavfi kamroq).
ASUS Expertbook B5 haqida
Butun ExpertBook oilasi eng zamonaviy texnologiyalar, minimalistik dizayn va biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega ishonchli mobil yordamchidir. Seriyaning assortimentida siz kompaniya xodimlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun to'g'ri parametrlarga ega mos qurilmalarni topishingiz mumkin.
Flagman ExpertBook B5602 OLED 16 dyuymli NanoEdge tor ramkali OLED displey, 13 Gen Intel Core protsessor, Iris Xe grafikasi va jami 4 TB gacha bo'lgan ikkita SSD bilan jihozlangan.
O'lchovi borasidagi birinchi taassurotga qaramay, noutbukning og'irligi atigi 1,5 kg va 10 soatgacha mukammal avtonomiyaga ega, mobillikning ajoyib darajasini ta'minlaydi. Shu bilan birga, B5 ofisda ham, undan tashqarida ham qulay ishlashni ta'minlaydigan to'liq o'lchamli ulagichlar bilan jihozlangan.
Expertbook B5 OLED`ni O'zbekistondagi elektronika do'konlarida, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori: upg.uz dan xarid qilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.