O‘zbekistonda 2018−2022-yillarda Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Ko‘p xotinli bo‘lish) bo‘yicha 34 nafar erkak sudlangan, deya xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ularga tegishli jazo tayinlangan.

“Joriy yilning dastlabki olti oyi mobaynida ushbu ko‘rsatkich 4 nafar shaxsni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash bazaviy hisoblash miqdori (hozirda 330 ming so‘m)ning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.