Barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va tarmoqlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida 10-iyun kuni Toshkentning 3 ta tumanidagi ayrim joylarda chiroq o‘chirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” poytaxt filiali xabar berdi.

Mirobod tumani: Moshtabib, Nukus, S.Baraka, Amir Temur hamda Turkiston ko‘chalarida — soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Yashnobod tumani: Chashma, Ilg‘or shoh, Ohangrabo, “Mirishkor” MFYning Darxon, Ilg‘or shoh ko‘chalari — soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yunusobod tumani: Usta Shirin, A.Po‘lat va Mirtemir ko‘chalari — soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Energetika vazirligi ham 10 kV elektr tarmog‘idagi avariya tufayli Sergeli tumanida elektr energiyasi vaqtinchalik uzilishi haqida ma’lum qildi.

Bu holat “Yuqori Darxon”, “Yangi Sergeli”, “Navro‘z” va “Charog‘on” mahallalarining ayrim qismlariga ta’sir ko‘rsatgan.