Ma’mura Ahmedjonova Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani “Oltintepa” mahallasi Issiqsuv 1-tor ko‘chasidagi kichik hovlida 24 qarindoshi bilan birga yashaydi. Ularning uyi pastqamlikda joylashgan. Uyning bir tomoni Parkent ko‘chasidan qurilish devori bilan ajratib qo‘yilgan qup-quruq yerga chiqadi. Bu devor ortida uch yil avval ochilgan uch qavatli avtomobil ko‘prigi bor. Yog‘ingarchilik vaqtida butun mahalladan aynan shu yerga suv oqib keladi, shu boisdan bu yer doim zax: namlik suvoqlarni “yeb bitirib”, devorlarni buzadi.

Ma’mura Ahmedjonovaning hovlisi. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”Ma’mura Ahmedjonovaning hovlisi. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”

"Na ko‘chishimizni, na ta’mirlatishimizni bilamiz", — deya o‘z hayotini tasvirlaydi Ma’mura Ahmedjonova. Bu yerda ko‘chmas mulk qurish va sotish 2016-yilda taqiqlab qo‘yilgan — o‘shanda hokim yangi turar joy majmuasi barpo etish uchun, keyinroq esa uch qavatli ko‘prikni qurish maqsadida mahallani buzish haqida qaror chiqargan edi.

“Oltintepa” mahallasining uch qavatli ko‘prikdan ko‘rinishi. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”“Oltintepa” mahallasining uch qavatli ko‘prikdan ko‘rinishi. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”

Ko‘p qavatli uylar va uch qavatli ko‘prikning qurilishi mahalladagi 100 dan ziyod xonadon ahliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. “Gazeta.uz” bu haqda 2021-yildayoq fotoreportaj tayyorlagan edi. Ko‘pchilik bu yerdagi yashash sharoitlariga chiday olmay, ijaraga uy olib, chiqib ketgan. Bunga imkoniyati yo‘qlar esa chidab, qiyinchiliklarni yengishga majbur bo‘lmoqda.

Aholi ovqatni tashqarida tayyorlashga majbur. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”Aholi ovqatni tashqarida tayyorlashga majbur. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”

Uylardan birining vannaxonasiga kirish joyi. Oyna o‘rniga karton qo‘yilgan. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”Uylardan birining vannaxonasiga kirish joyi. Oyna o‘rniga karton qo‘yilgan. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”

Chiqindi to‘planayotgan ochiq kotlovan. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”Chiqindi to‘planayotgan ochiq kotlovan. Foto: Nodira Sulaymonova / “Gazeta.uz”

Eng katta muammo — hovlilar va uylar ichiga suv toshib kirayotgani. Singlisi “Oltintepa” mahallasida yashovchi Ahmad Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, yangi ko‘p qavatli uylar qurilgach, yog‘ingarchilik vaqtida ularning hovlilariga toshib kiradigan suv hajmi karrasiga oshgan. Bu joylarni avvallari ham suv bosardi, ammo qurilish ishlari sababli suvni shimib ketadigan tuproqli ochiq maydon qisqarib ketgan. Aholining fikrlaridan kelib chiqib, quruvchi kompaniyalar suvning to‘planishi va chiqib ketishiga doir ishlarni lozim darajada bajarmagan, degan xulosaga kelish mumkin.

Ahmad Qo‘chqorovning aytishicha, toshqinlar sabab singlisining uyidagi oshxona buzilib ketgan. Bundan tashqari, burilish joylaridagi biridagi chiroyli maysazorni sug‘orish bahona ochib qo‘yilgan xonadon devorlari tagida to‘planib, uni nuratib boryapti.

Avvallari bu yerda Ahmad Qo‘chqorovning singlisi oilasi bilan birga foydalangan oshxona bo‘lgan. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”Avvallari bu yerda Ahmad Qo‘chqorovning singlisi oilasi bilan birga foydalangan oshxona bo‘lgan. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”

Doimiy zax bo‘lgani sabab devorlar nuramoqda. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”Doimiy zax bo‘lgani sabab devorlar nuramoqda. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”

"Yangi ko‘p qavatli uylar qurilgach, suv bu yerga shiddat bilan oqib keladigan bo‘ldi. Yomg‘ir yog‘sa, shahar qay ahvolga tushayotganini ko‘rgandirsiz? Endi bu yerda nima bo‘lishini tasavvur qila olasizmi? Suv “Siolkovskiy” dahasidan oqib keladi. Bir safar shippaklar oqib yurgandi", — deya hikoya qiladi Qo‘chqorov.

Pensioner Lyubov Shebedunovada ham shunday ahvol. Suv oqimi uning hovlisidagi devorlardan birini bir necha bor buzib yuborgan.

“2019-yili qo‘shni uyni buzishdi, shundan so‘ng u yer xarobazorga aylandi. Uyni buzishayotganda butun axlatini mening hovlimga tashlashdi. Bir safar hovlini suv bosganidan keyin barcha daraxtlarim nobud bo‘ldi. Hozir suv oqimi loyga aylanib oqib kelyapti. Devorim uchinchi marta quladi”, — deydi u.

мирзо uлuғбек tumani, snos, тошкент, qurilish

Pensioner ayolning aytishicha, u yordam so‘rab Obodonlashtirish boshqarmasi va Prezident qabulxonasiga murojaat qilgan.

“Iltimos qildim, portalga yozdim. Bu shaxsiy uy, o‘zingiz qiling, deb aytishdi. Yoshingga ham qarab o‘tirishmayapti”, — dedi Lyubov Shebedunova. Hozir u devorini o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlatyapti.

Lyubov Shebedunovaning hovlisi. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”Lyubov Shebedunovaning hovlisi. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”

Shu mahallada yashovchi Komiljon Sulaymonov e’tiborni yangi turar joy majmuasi qurilgach, bir qismi betonlab, yopib tashlangan ariq (lotok)ga qaratdi. Bu holat ham mavjud vaziyatni og‘irlashtirmoqda.

Betonlab tashlangan joy o‘rnida avval yomg‘ir suvlari oqib ketuvchi ariq (lotok) bo‘lgan. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”Betonlab tashlangan joy o‘rnida avval yomg‘ir suvlari oqib ketuvchi ariq (lotok) bo‘lgan. Foto: Jahongir Azimov / “Gazeta.uz”

мирзо uлuғбек tumani, snos, тошкент, qurilish

“Ta’mirlashni boshlay qolaylik deb endi ishga kirishamiz desak, birdan investor paydo bo‘lib qoladi”, — deydi boshqa bir pensioner Malika Xo‘jayeva.

Aholining so‘zlariga ko‘ra, mahallaga har yili investorlar kelib, ular bilan muloqot qiladi, ko‘chirishga va’da beradiyu, lekin keyin qaytib kelmaydi. Hokimlik bu uylarni “tez orada buzish”ni ko‘p yillardan beri va’da qiladi, ammo nuqul “qish tugab olishi, Navro‘z o‘tib olishi, endi Hayit, yoz kelishi”ni kutadi.

“Biz xuddi rastadagi sotilmay qolgan mahsulotdekmiz”, — deydi oltintepaliklar.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligidan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, ushbu hudud “snos”ga tushmagan, chunki hokimning 2016-yilgi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan. Qurilish bo‘limi mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, aholi aytgan investorlar ushbu hududni “individual tartibda” o‘rganmoqda va ularga hokimlikning hech qanday aloqasi yo‘q. Uning ta’kidlashicha, aholi o‘z uylari ta’miri bilan shug‘ullanaverishi mumkin. “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O‘tkir Boltaboyev ham ushbu mahalladagi uylarning buzilishi rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

Hokimlik vakillarining qo‘shimcha qilishicha, hovlilarni qurilishlar va yaxshi o‘ylangan suv chiqarish tizimining yo‘qligidan emas, balki yog‘ingarchiliklar miqdori oshgani sabab suv bosyapti. Ushbu muammoni hal qilish rejalari haqida na mahalla, na hokimlik biror narsa biladi.