Ma’lumki, ko‘pchilik muddatli to‘lov tushunchasini eshitganda, albatta boshlang‘ich badal va kattagina qo‘shimcha foizlar to‘lanishi kerak deb o‘ylaydi. Ammo boshlang‘ich badal va foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyatlari ham mavjud. Masalan, “O‘zmilliybank”ning Solfy muddatli to‘lov kartasi taqdim etadigan imkoniyatlar bilan tanishib, bunga o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Birinchidan, Solfy muddatli to‘lov kartasi ko‘p turli mahsulot va xizmatlarni xarid qilish, to‘lovni esa 12 oy davomida bo‘lib amalga oshirish imkoniyatini beradi. Yurtdoshlar oilaviy budjetlarini to‘g‘ri taqsimlagan va unga ziyon yetkazmagan holda zarur maishiy buyumlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shu yo‘l bilan, muddatli to‘lov kartasi foydalanuvchilarning moliyaviy savodxonligini oshiradi.

Ikkinchidan, Solfy muddatli to‘lov kartasi oylikdan oylikkacha yashash, zarur xaridlar uchun qayerdan pul topish kerakligi ustida bosh qotirish kabi zaruratlardan xalos qiladi.

Solfy kartasi oilaviy budjetingizni savodli taqsimlash orqali maishiy buyumlarni ish haqi kartaga tushganida emas, aynan kerak bo‘lgan paytida sotib olish imkoniyatini taqdim etadi.

Solfy muddatli to‘lov kartasidan foydalanish orqali xaridlar uchun bank tomonidan ortiqcha foiz yoki komissiya olib qolinmaydi, faqat xarajatingiz 12 oylik teng to‘lovlarga taqsimlanadi.

Shu tariqa, Solfy sizga nafaqat pand bermaydi, balki ishonchli va ayrilmas ko‘makdoshingizga aylanadi.

Batafsil ma’lumotga sayt, mobil ilova yoki (+998) 78−777−72−72 orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.