Toshkent shahrida 1902-yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi, DXX va Toshkent shahri IIBB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. va boshqalar og‘irligi 32,22 gramm bo‘lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Shu paytda ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.