Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida 27-may kuni tormozi ishlamay qolgan Isuzu yuk avtomashinasi 4 ta transport vositasiga urildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Soat 15:25 da Qamchiq dovoni 250-kilometrida Toshkent-vodiy yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu yo‘nalishda turgan Kia, Damas va 2 ta Cobalt avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib tushgan.

қамчиқ dovoni, поп tumani, йтҳ

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etdi va 3 kishi jarohat bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborildi.

қамчиқ dovoni, поп tumani, йтҳ

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.