16−18-may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) boshqaruv kengashining 32-chi yillik yig‘ilishiga bag‘ishlangan navbatdagi biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekistondagi yetakchi va strategik banklardan biri bo‘lgan “Agrobank” ATB ham ishtirok etdi.

реклама

Tadbirlar davomida “Agrobank” Yevropadagi yirik moliyaviy guruhlardan biri — Germaniyaning ODDO BHF banki bilan 20 mln yevrolik shartnoma imzoladi. Mazkur mablag‘lar “Agrobank” orqali savdoni moliyalashtirish sohasidagi loyihalarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu kabi tadbirlarning O‘zbekistonda o‘tkazilishi alohida ahamiyat kasb etib, mamlakatning sarmoyaviy salohiyatini namoyish etish va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun istiqbolli maydon hisoblanadi.

Reklama huquqlari asosida.