Toshkent shahri hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq deputatlari poytaxt kengashining 17-maydagi qarorida keltirib o‘tilgan.

абдулвосид хомитжонов, алимардон қаршиев, тайинлов, тошкент shahri hokimи

Alimardon Qarshiyev (o‘rtada). Foto: Toshkent shahri hokimligi

Kengash uning lavozimdan ozod etilgani va Abdulvosid Xomitjonovning ayni shu lavozimni egallaganini tasdiqlagan.

Alimardon Elamanovich Qarshiyev bundan 3 yil avval — 2019-yil may oyida jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

U 1971-yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat universitetini tamomlagan, 2011-yildan 2019-yilgacha Toshkent viloyati hokimligida ham shu lavozimda ishlab kelgan.