21-may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning tadbir o‘tkazilishi mo‘ljallangan ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

20-may kuni soat 10:00 dan 21-may kuni soat 11:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

21-may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
  • Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etildi.