Toshkent shahridagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi noma’lum muddatga yopildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining shahar filiali poytaxtning elektr ta’minoti tizimini uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib bormoqda.

Xususan, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab ham yangi elektr tarmog‘i qurilishi olib boriladi. Shu munosabat bilan, 15-maydan to qurilish ishlari yakunlanguniga qadar Amir Temur shoh ko‘chasining Nukus ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lning bir tasmasi vaqtincha yopiladi.