Bosh prokuratura matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Jizzaxdagi kanaldan bedarak yo‘qolgan bolaning murdasi topilgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

3-may kuni Baxmal tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro J.X. 5 yoshli farzandi A.A. uyidan o‘ynab chiqib ketib, qaytib kelmay bedarak yo‘qolgani haqida murojaat qilgan. Oradan ikki kun o‘tib bolaning murdasi “Tuyatortar” kanalidan topilgan.

Ta’kidlanishicha, marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Baxmal tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.