“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Yevropada Xafsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida 5 va 6-may kunlari Termiz shahrida Markaziy Osiyo tadbirkor ayollarining mintaqalararo forumini tashkil qildi.

реклама

Mintaqaviy forum “Hunarmandchilikda elektron tijorat — Markaziy Osiyo ayollari biznesidagi asosiy o‘zgarishlar drayveri” mavzusi ostida bo‘lib o‘tdi.

Forum ishida Markaziy Osiyoning 150 dan ortiq ayollari ishtirok etishdi. Taklif etilgan mehmonlar orasida Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston xotin-qizlar ishbilarmon doiralari vakillari, Termiz tumanidagi “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi” ishtirokchilari, raqamli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari, raqamlashtirishga jalb etilgan davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari bor.

реклама

Forumni o‘tkazishdan maqsad — milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, ayollarning tadbirkorlikdagi ishtirokini ta’minlash, infratuzilma va resurslardan foydalanish imkoniyatlari, xotin-qizlarni ish bilan band qilishning mintaqaviy muammolari, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yordami, Markaziy Osiyoda ayollar o‘rtasida hunarmandchilikni rivojlantirishni monitoring va tahlil qilish tizimini shakllantirishdan iboratdir.

реклама

Forum Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektron tijoratni rivojlantirishning dolzarb masalalarini keng muhokama qilish uchun zamonaviy platforma yaratish yo‘llarini o‘rganadi. Tadbirkor ayollarning hunarmandchiligida raqamli yechimlarni ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Hunarmand ayollarning elektron tijorat mahoratini oshirish va ayollar biznesida innovatsion onlayn-savdo imkoniyatlariga bag‘ishlangan bir qator taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

реклама

Forum Markaziy Osiyo hunarmandlari o‘rtasida istiqbolli biznes-loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan aniq kelishuvlarga erishish uchun sharoit yaratuvchi o‘ziga xos maydonga aylandi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi hunarmand ayollar tarmog‘i uchun haqiqiy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu kelajakda sarmoya sifatida foydali tanishlar tarmog‘ini rivojlantirishga yordam beradi.

реклама

Forum doirasida Termiz shahridagi San’at saroyida “Xunarmand ayollar” ko‘rgazmasiga, “Al-Hakim at-Termeziy majmuasi” va “Fayoztepa” arxeologik yodgorliklariga tashriflar tashkil etildi.

Reklama huquqlari asosida.