8-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

G‘alaba bog‘ida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam bo‘ldi. Ular ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.

“Prezident tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqning urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bog‘ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum”, — deyiladi xabarda.

Foto:

g‘alaba bog‘i, matonat madhiyasi

g‘alaba bog‘i, matonat madhiyasi

g‘alaba bog‘i, matonat madhiyasi

g‘alaba bog‘i, matonat madhiyasi

g‘alaba bog‘i, matonat madhiyasi

g‘alaba bog‘i, matonat madhiyasi

Avvalroq davlat rahbari Toshkent shahridagi sanatoriyga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan suhbatlashgandi. Urush qatnashchilariga bu yil 18 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.