O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olishi mumkin

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun — 22−24-aprel sanalarida dam olishi mumkin.

Hafta davomida quruq va salqin havo kuzatiladi

Dushanba, seshanba kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +12…+15 daraja bo‘ladi. 19-apreldan harorat asta-sekin ko‘tariladi va +20…+25 darajaga yetadi.

Toshkent shahri yangi hokimi qarorlarining deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan

Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon bir oy o‘tmay 35 ta qaror imzolagan bo‘lsada, ularning deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan. Qabul qilingan 14 ta farmoyishdan 4 tasi ham mavjud emas.

Farg‘onada ayol 8 oylik qizini sotmoqchi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U bu pulga kvartira sotib olmoqchi bo‘lgan.

Avtobusda ayollar va erkaklar hududlari belgilangani haqidagi e’lonlar ruxsatsiz qo‘yilgan

Toshkent shahridagi 43-yo‘nalish (Isuzu) avtobusining salonida ayollar va erkaklar alohida o‘tirishi uchun joylar mavjudligi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” ular olib tashlanganini bildirib, ayollar va erkaklar teng huquqliligini eslatdi.

O‘zbekiston gimnastikachilari jahon kubogida 4 medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta — 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlashtirildi

Osiyo Futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborovning doping testida “taqiqlangan modda aniqlangani” sababli uni vaqtincha diskvalifikatsiya qildi.

Poytaxtdagi mahalla aholisi 5 qavatli bino qurilishidan norozi

Toshkent shahridagi “Rakat” mahallasi aholisi o‘z ko‘chasida loyihada ko‘zda tutilgan 3 qavatli uy o‘rniga 5 qavatli bino qurilayotganidan norozi bo‘lmoqda. Qurilish boshqarmasi va MIB buyurtmachiga qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha talabnoma yuborganini ma’lum qildi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola va reportaj:

“Markaziy Osiyoda yagona”. Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mlik ko‘chma sahnalarni taqdimot qildi

Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga xarid qilgan ko‘chma sahnali yuk mashinalari taqdimoti o‘tkazildi. Transformer 2,5 soatda o‘rnatiladi, 10 ming kishiga mo‘ljallangan va alohida generatori mavjud. Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, ular tog‘li hududlarga borib, aholiga xizmat ko‘rsatadi. “Gazeta.uz” reportaji.

“Hali ot o‘g‘rilari ham Oshnodan jabr chekkan bo‘lib chiqajak. Lekin men indamay turaman”

35 yil muqaddam 1970−1980-yillardagi turg‘unlik davrining ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi “Lolazor” romani nashrdan chiqqan edi. Asar muallifi Murod Muhammad Do‘st 12-aprel kuni 74 yoshni qarshiladi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan romandan parchalar beradi.