Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqotda tovar ayirboshlash, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va boshqa masalalarni muhokama qildi. Mamlakatlar rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv dasturi bo‘yicha hamkorlik sermahsul bo‘layotganini ham ta’kidladi.

Prezident Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti xitoylik hamkorlar bilan Sirdaryo viloyatida avtomobil zavodi qurishni taklif qildi. “Avtomobil zavodlari qancha ko‘p bo‘lsa, narx ham shunchalik arzon bo‘ladi, sifat ham o‘zgaradi”, deb hisoblaydi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, Sirdaryoda yo‘l qurilishiga biznesni jalb qilish boshlanadi.

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi Toshkentda ko‘rib chiqiladi

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblangan ikki nafar sobiq amaldorning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga o‘tkazildi. Avvalroq Oliy sud ishni qayta ko‘rish uchun apellyatsiya instansiyasiga qaytargandi.

Raqqosa Malika Ahmedovaning uyidan 600 ming dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova yashash uyidan 600 ming dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganini aytmoqda. Uning fikricha, o‘g‘rilar topilgan, ammo qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Pulatov raqqosa bilan uchrashdi.

O‘zbekistonda yoshlar “yaxshi”, “o‘rta” va “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratildi

O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib, “yaxshi” (4,4 mln), “o‘rta” (4,6 mln) va “ahvoli og‘ir” (396 ming) toifalariga ajratildi.

Prezident ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunni imzoladi

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston prezidenti bolalar va ayollarni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi, unda oiladagi zo‘ravonlik hamda tazyiqlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Uning o‘limiga oshqozon osti beziga keng ko‘lamli kon quyilishi, o‘tkir yurak kon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aytilgan erkak qidirilmoqda

IIV Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv e’lon qildi. Tarmoqlarda uni qo‘lga olish maxsus tadbiri aks etgan video tarqalgandi. Vazirlik erkakning ruhiy xastaligi va “nihoyatda tajovuzkorligi” sababli uni uchratganlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.

Farg‘onada kelinini o‘ldirgan 65 yoshli qaynota 13 yilga qamaldi

Qo‘shtepa tumanida 65 yoshli qaynota oilaviy janjal tufayli kelinini o‘ldirib qo‘ydi. Sud erkakni 13 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Endi import tovarlarga ham iste’mol krediti beriladi

Shavkat Mirziyoyev import tovarlarga iste’mol kreditlari berishga ruxsat etuvchi qonunni imzoladi. Bungacha bu turdagi kreditlar faqat mahalliy avtomobillar va maishiy texnika uchun berilgan. Jismoniy shaxslar boshqa fuqarolardan ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat organ va tashkilotlari rahbarlari har oy mahallalarda hisobot beradi

Har oy mahalla kengashida davlat organ va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan axborotlari eshitiladi. Qolaversa, “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi avgustga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi

2022-yilning oxirida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi. Uning nima sababdan ishdan ketgani hozircha ma’lum emas.

Toshkentda korxona ishtirokidagi 3,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi natijalari soxtalashtirilgani aniqlandi

“Toshkent xalqa avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchastka boshqarmasi” unitar korxonasi buyurtmachiligida o‘tgan 3,2 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xarid natijalari komissiya ishtirokisiz, boshqa shaxs tomonidan ularning elektron raqamli imzolari orqali baholanib, imzolangan.

Namanganda yil boshidan beri 152 marta qoida buzgan mashina aniqlandi

Namangan shahrida 2023-yil boshidan beri 152 marta qoidabuzarlik qayd etilgan Hyundai aniqlandi. Jarimalarning umumiy summasi 410 million so‘mga teng.

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilgacha kimlardan va qanday sovg‘alar olganini ochiqladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Sovg‘alar reyestrini shakllantirish boshlandi. Agentlik shu vaqtgacha xalqaro tashkilotlardan jami 14,5 mln so‘mlik 8 ta sovg‘a qabul qilib olganini ma’lum qildi. Ularning barchasi tashkilot direktoriga berilgan.