Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xidayxodjayev Jaxongir Isamutdinovich Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Jaxongir Xidayxodjayev 1979-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Shu vaqtga qadar Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

U 2019-yilda 40 yoshgacha bo‘lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan top kadrlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sobiq boshlig‘i Afzal Irmatovga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilinib, u hibsga olingan. Hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.