Ispaniyalik mashhur opera qo‘shiqchisi Plasido Domingo 26-aprel kuni o‘zining Markaziy Osiyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Toshkentdagi Xalqaro forumlar saroyida konsert beradi.

Plasido Domingo — zamonning buyuk tenorlaridan biri bo‘lib, uning yuksak mahoratini ham mumtoz musiqa ixlosmandlari, ham dunyoga mashhur tanqidchilar tan olishgan.

Plasido Domingo eng uzoq olqishlarga sazovor bo‘lgan qo‘shiqchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 1991-yilda Venada namoyish etilgan “Otello” spektaklidan so‘ng tomoshabinlar 80 daqiqa davomida qarsak chalganlar. Yarim asrdan ko‘proq faoliyati mobaynida Domingo dunyoning turli mamlakatlari sahnalarida 150 dan ortiq operalardagi asosiy partiyalarni ijro etgan, 300 dan ziyod kechani orkestr bilan birga quyi sahnada yoki dirijyorlik pultida o‘tkazgan, jami 3900 dan ortiq spektakllarda qatnashgan.

2012-yilda tenor La Scala, Covent Garden, Paris Opera, Dallas Opera, Metropolitan Opera, Vienna State Opera, Palacio De Bellas Artes, New York City Opera, Vena davlat operasi, Crocus City Hall sahnalarida 80 dan ziyod spektakllarda ishtirok etdi, qo‘shiq kuyladi va dirijyorlik qildi.

Mazkur oqshomda Toshkent aholisi va mehmonlari nafaqat buyuk Plasido Domingo chiqishlaridan bahramand bo‘lishadi.

reklama

Dasturda shuningdek italiyalik lirik tenor, butun dunyoga qo‘shiqchilik mahorati bilan bir qatorda ijrosidagi musiqalarning rang-barangligi bilan ham mashhur, Alessandro Safina, ispaniyalik opera malikasi Marina Monzo va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi talabasi, Rossiya davlat akademik Katta teatri opera jamoasi solisti Behzod Davronov ham ishtirok etishadi.

reklama

Simfonik orkestrga orkestrlar va opera teatrlari bilan birga dunyo bo‘ylab taqdim etayotgan konsertlari tufayli mashhur bo‘lgan italiyalik dirijyor Gaetano Lo Koko boshchilik qiladi.

Fusunkor opera kechasi tashkilotchisi — uzoq yillardan buyon madaniyat, san’at va sport sohalarida yirik loyihalar bilan shug‘ullanib kelayotgan Art.uz Promotion Agency.

Tadbir boshlanishi — 19:00 da.

Chiptalarni myticket.uz i iticket.uz saytlarida xarid qilish mumkin.

Telefonlar: (+998) 95−169−87−87, (+998) 99−789−87−87.

Reklama huquqlari asosida.