Talaba qizlar istiqomat qilayotgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti yotoqxonasidagi xonalardan biriga yashirin videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Bu haqda talabalar Kun.uz`ga ma’lum qildi.

Qizlarning aytishicha, 1-aprel kuni ularni referendum targ‘iboti tadbiridan zudlik bilan chaqirib, yotoqxona (talabalar turar joyi)dagi xonani ochib berishni so‘rashgan. Wi-Fi signali yo‘qolib qolayotgani sababli uni kuchaytiruvchi moslama o‘rnatilishini aytishgan.

қўқон pedagogika instituti

Talabalar xonaning yuqori burchagiga o‘rnatilgan moslamani ochib ko‘rgan. U uchta shurup bilan qotirilgan. To‘rtinchi shurup joyiga shurup qotirilmagan, lekin qora narsa bo‘rtib turganini ko‘rgan. Keyinchalik bu narsa yashirin kameraning mitti obyektivi ekani ma’lum bo‘lgan.

Qizlar o‘rnatilgan moslamani yechib olib, mutaxassislarga olib borib, ko‘rsatishgan. Ular bu matoh yashirin kamera ekanini aytishgan. deb yozadi. Kamera ovoz va tasvirni flesh-diskka ham yozib olishini, tarmoq orqali boshqa qurilmaga uzatishini ham aytishgan. Ya’ni xonani bu kamera orqali onlayn kuzatib turish imkoni ham bo‘lgan, deb yozmoqda nashr.

Qizlar kameraga biriktirilgan 128 Gb hajmdagi flesh-diskni ochib o‘qitib ko‘rganida ularning uydan kelib, yalang‘och kiyim almashtirayotganlari ham tasvirga tushganiga guvoh bo‘lgan.

қўқон pedagogika instituti

Talabalar 102 raqami (IIB)ga qo‘ng‘iroq qilib, arz qilgan. Prezident portaliga ham ariza tashlagan. Ariza aylanib kelib, mahalliy uchastka noziriga tushgan. U o‘rganmoqda. Uchastkovoy ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Oybek Bozorovga har bir aniqlangan detal bo‘yicha hisobot berib turgani aytilyapti, deb yozadi Kun.uz.

Ular institut rektori Dilnoza Xo‘jayevaga ham murojaat qilgan.

“Rektor salomimizga alik ham olgani yo‘q. Bizni eshitib, „yashirin kamera ekanini qayoqdan bilaqoldinglar?“ dedi. Biz uni ochib mutaxassisga ko‘rsatganimizni aytdik. „Xonalaringga o‘rnatib ketilgan institutning mulkini ochib ko‘rishga nima haqlaring bor? Balki o‘zlaring o‘rnatgandirsizlar“, deb o‘shqirdi rektor bizga”, — deydi qizlar.

Prorektor Oybek Bozorovga yig‘lab murojaat qilgan qizlar “kiyinib-yechinganimiz ham videoga olinibdi”, deygan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, prorektor bunga javoban pinagini ham buzmasdan, 102 ga telefon qilgani uchun talabalarni urishib bergan.

Qizlarning aytishicha, prorektor bu holatni shikoyat qilgan qizlarni ushbu xonadan ko‘chirib, u yerga tarbiyasi og‘ir boshqa bir qizni joylashtirish reja qilingani, lekin ularni ko‘chirishga ulgurmay qolingani bilan tushuntirishga harakat qilgan.

“Gazeta.uz” universitet matbuot xizmatiga so‘rov yubordi va javob kutilmoqda.

Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati vaziyatni o‘rgangach, haqiqatan ham talabalar xonasida yashirin kamera o‘rnatilganini tasdiqladi. Vazirlik ichki tekshiruv o‘tkazib, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini bildirdi.

Oliygoh

Ma’lum qilishlaricha, rektor buyrug‘iga ko‘ra talabalarning psixologik muamolari bilan ishlash, o‘qish jarayonidagi stress holatlarining oldini olish bo‘yicha maxsus xona tashkil etish maqsadida haftaning shanba-yakshanba kunlari talabalar o‘z uyiga ketishlarini hisobga olib, xonani shanba kuni jihozlash boshlangan.

Oliygoh “holat haqida talabalar o‘z vaqtida ogohlantirilmagani, oqibatda bu anglashilmovchilik yuz bergani, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganini” bildirdi.

Viloyat IIB

Ta’kidlanishicha, holat boshqarma tomonidan o‘rganib chiqildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.