1-aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yosh yigit-qizlar va havaskorlar o‘rtasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sabab Yangi O‘zbekiston va unga tutash Jasorat ko‘chasida avtomobil harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, soat 07:00 dan 08:00 gacha:

  • Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida qisman;

08:00 dan 12:00 gacha:

  • Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida har ikki yo‘nalishda to‘liq;

08:00 dan 12:00 gacha:

  • Jasorat tor ko‘chasining Jasorat ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Hokimlik shu vaqt oralig‘ida haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.