Mass-media fondi Transport vazirligi bilan hamkorlikda metro bekatlari va vagonlarida ayollarning zo‘ravonlikka qarshi yordam so‘rab qilgan murojaatlarini radioto‘lqinlar shaklida aks ettirgan banner va posterlarni joylashtirdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar qildi.

Banner va posterlarda ayol-qizlarning ularga nisbatan zo‘ravonlik vaqtidagi nolalari, ovoz to‘lqinlari ekvalayzerini anglatuvchi adras bezaklari ko‘rinishida tasvirlangan.

Bannerlarda QR-kodlar ham mavjud bo‘lib, xotin-qizlar yordam haqida ular orqali batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

«Shuni yodda tutish kerakki, insonlarning fikrlashi o‘zgarmaguncha va jamiyat tomonidan zo‘ravonlik madaniyatning bir qismi emas, balki jinoyat ekanligi tushunib yetilmaguncha qonunlar to‘liq ishlamaydi. Zo‘ravonlikni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Zo‘ravonlik — madaniyatimizga begona!» — deyiladi xabarda.

Nolalar.com — O‘zbekiston jamoatchiligi e’tiborini ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosi va uning oldini olishga qaratish maqsadida yaratilgan loyiha.

Foto

ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, масс-media fondi, транспорт vazirligi