Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida 26 mart kuni Malibu-2 avtomobili YTHga uchradi. Holat yuzasidan shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvidagi Malibu-2 (davlat raqami 01 M 888 JB) avtomashinasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan.

Undagi yo‘lovchi — 2006 yilda tug‘ilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.