Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Farrux Boboyev agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari, Oyatillo Raxmatillayev (Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi direktori vazifasida ishlagan) va Nodir Muslitdinov (2021 yildan beri maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan) agentlik direktori o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari — Maktabgacha ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.