Turkiyaning Shanliurfa viloyatida sel oqimi 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Turkiya janubi-sharqidagi Shanliurfa viloyatida sodir bo‘lgan sel oqimi 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deya xabar qildi «Anadolu» agentligi.

14 mart kuni Shanliurfada kuchli yomg‘ir yog‘di. Viloyat ma’muriy markazining bir qator ko‘cha va xiyobonlarini sel suv bosgan.

Viloyat o‘t o‘chirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Veysel Qarani kvartalidagi binoning yerto‘lasidan besh kishining jasadi topilgan, ular Suriya fuqarolari bo‘lgan.

Shu tariqa, Shanliurfadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 13 nafarga yetdi. Kuchli yomg‘ir tufayli to‘sib qo‘yilgan shahar aholisini aniqlash ishlari davom etmoqda.


Vladimir Putin va Bashar Asad Moskvada uchrashdi

Rossiya va Suriya prezidentlari Vladimir Putin va Bashar al-Assad chorshanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy masalalarni muhokama qildi. Bu haqda TASS Suriya rahbari idorasiga tayanib xabar berdi.

«Prezident Bashar al-Assad intensiv muzokaralar chog‘ida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy masalalar, ikki tomonlama munosabatlar, turli sohalardagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydondagi so‘nggi voqealarni muhokama qildi», — deyiladi xabarda.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning chorshanba kuni TASS agentligiga aytishicha, suhbat jami uch soat davom etgan.


OAV: Credit Suisse banki qo‘llab-quvvatlash uchun Shveytsariya regulyatorlariga murojaat qildi

Shveysariyaning Credit Suisse banki chorshanba kuni o‘z aksiyalarining qulashi fonida «qo‘llab-quvvatlash namoyishi» uchun milliy markaziy bank va bozor regulyatoriga murojaat qildi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

дайжест, жаҳон янгиликлари

Shu bilan birga, Yevropa Markaziy banki o‘z nazorati ostidagilardan Shveysariya moliya instituti bilan bog‘liq risklar hajmini o‘rganishni boshladi.

Avvalroq moliyaviy sharhlovchi va bestseller «Boy ota kambag‘al ota» kitobi muallifi Robert Kiyosaki Amerika Silicon Valley Bank (SVB) bankrot bo‘lganidan keyin barbod bo‘ladigan navbatdagi bank Shveysariyaning Credit Suisse yirik banklaridan biri bo‘lishini aytgan edi.


Fransiyada gumonlanuvchining uyida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 nafar jandarm yaralandi

Fransiyada 3 nafar jandarm qo‘lga olish uchun kelgan gumonlanuvchining uyida sodir bo‘lgan portlash oqibatida og‘ir yaralandi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib.

Hodisa Lashapel kommunasida sodir bo‘lgan.

«Jandarmlar qo‘lga olish uchun kelgan gumonlanuvchining o‘zi vafot etdi», — dedi prokuror.


Microsoft Outlook xizmati hakerlar hujumiga uchraganini ma’lum qildi

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi o‘z mijozlarini Outlook elektron pochta mijozining xakerlik hujumi haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi CNN.

дайжест, жаҳон янгиликлари

Xabarda aytilishicha, xakerlar 2022 yilning aprel-dekabr oylari oralig‘ida Microsoft elektron pochta dasturidagi avval noma’lum bo‘lgan zaiflikdan foydalangan. Kompaniya, shuningdek, «15 dan kam» tashkilot kiberhujum yoki xakerlik hujumiga uchraganini aytdi.

BleepingComputer Microsoft ushbu hujumni G‘arbda Rossiya razvedkasi bilan bog‘langan APT28 (Fancy Bear/ Strontium) xakerlar guruhi bilan bog‘lashi haqida xabar berdi.


Polshada rekord darajadagi inflyatsiya qayd etildi

Polshada joriy yilning fevral oyida inflyatsiya 2022 yil fevraliga nisbatan 18,4 foizga o‘sdi, deb xabar beradi Respublika Bosh Statistika boshqarmasi (GUS).

Bu 1996 yil dekabridan beri eng yuqori inflyatsiya darajasidir.

GUS ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida tovarlar narxi 20,2 foizga, xizmatlar esa 13,3 foizga oshgan.


Fransiya parlamenti komissiyasi pensiya yoshini 64 yoshga oshirishni ma’qulladi

Fransiya Senati va Milliy Assambleyasi a’zolaridan tashkil topgan komissiya chorshanba kuni pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasining 7-moddasini ma’qulladi, deya xabar qildi «Bo‘ysundirilmagan Fransiya» so‘l partiyasidan deputat Matilda Pano.

Unga ko‘ra mamlakatning eng kam pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘taradi.

«Eng kam yoshni 64 yoshga qaytaruvchi 7-modda komissiya tomonidan [partiya fraksiyalari a’zolari] respublikachilar ko‘magida qabul qilingan», dedi u va uning fikricha, bunday qaror «uyatli» ekanligini aytdi".

Pensiya islohotiga qarshi mamlakatda o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari esa tartibsizliklarga aylanib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.


AQSh Qora dengiz ustida o‘z «droni» urib tushirilganini tergov qilmoqda

AQSh Amerikaning MQ-9 ko‘p maqsadli uchuvchisiz uchish apparatini Qora dengiz ustida rus qiruvchisi tomonidan urib tushirilgani tekshirmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

«Hozir sabab haqida gapira olmayman», — dedi TIV rahbari voqeada Rossiya tomonining harakatlarini izohlar ekan. «Lekin tergov davom etsin», dedi Blinken. «Albatta, tergov yakunlanganidan keyin ittifoqchilar va hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda bo‘lamiz», — deb va’da berdi davlat kotibi.