15 mart kuni U-20 Osiyo kubogining yarim final bochqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Janubiy Koreya uchrshuvi penaltilar seriyasida 3:1 hisobida yakunlanib, O‘zbekiston terma jamoasi finalga yo‘l oldi. Uchrashuv Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvni ko‘rish uchun stadionga 33,977 nafar tomoshabin tashrif buyurgani aytildi.

O‘yinning asosiy vaqtida ikkala tomonda ham xavfli vaziyatlar kuzatilgan bo‘lsada, hisob ochilmadi. Uchrashuv natijasi ekstra-taymda ham hal bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida 3:1 hisob bilan O‘zbekiston o‘yin g‘olibi bo‘ldi.

Gol mualliflari: O‘zbekiston

  • Abbos Fayzullayev
  • Mahmudjon Maxamadjonov
  • Zafarmurod Abdurahmatov

Darvozabon Otabek Boymurodov esa 3 ta zarbani qaytarib, o‘yin qahramoniga aylandi.

18 mart kuni o‘tadigan final uchrashuvida O‘zbekiston Iroq terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Iroq yarimfinal bahsida penaltilar seriyasida Yaponiyani mag‘lub etgandi.

Foto:

u20, жанубий корея, ўзбекистон, футбол