Qizilqum qo‘riqxonasida tunda hududni kezib yurgan to‘qay mushugi va bo‘rsiq fotoqopqon obyektiviga tushib qoldi. Tabiat resurslari vazirligi kadrlar bilan bo‘lishdi.

To‘qay mushuklari Amudaryoning o‘rta va quyi oqimidagi chakalakzorlarda va suv omborlarining qirg‘oq zonasida yashaydi. Uzunligi 54 — 94 sm, dumi 30 santimetrgacha yetadi.

O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan.

Bo‘rsiqlar (Meles meles) — sut emizuvchilar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. Bo‘rsiqlar urug‘ining yagona turi.

Tog‘lar, o‘rmon, cho‘llarda, shuningdek, jarlarda ham yashaydi. Mayda kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baqalar bilan oziqlanadi.