Video: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydadi

O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi Boysun-Denov yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l sifati yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, sifatsiz yo‘lda Malibu haydadi. Shavkat Mirziyoyev bu yo‘llarda harakat qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Termizda qo‘shinlarning taktik o‘quvini kuzatdi

Shavkat Mirziyoyev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi «Termiz» dala o‘quv maydonida qo‘shinlarning brigada taktik o‘quvini kuzatdi. Ularning jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mashg‘ulotlar jahonda kuzatilayotgan harbiy harakatlar xususiyatidan kelib chiqib o‘tkazilgani qayd etildi.

Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni referendumga qo‘yishni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qulladi. Qonun uch kun ichida matbuot va boshqa OAVlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Konstitutsiyaviy sud qarorida Konstitutsiyaning yangi tahriri mansabdor shaxslarga qanday qo‘llanilishi tushuntirildi

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining qarorida referendumda qanday savolga javob berish so‘ralishi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, Konstitutsiya yangilangandan so‘ng, davlat amaldorlari ushbu lavozimlarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda saylanishi va tayinlanishi mumkinligi tushuntirildi.

«O‘zbekneftgaz» AYOQSHlarida Ai-92 benzini 7500 so‘mdan sotilmoqda

14 martdan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 benzini bir litri uchun 7500 so‘mdan sotilmoqda. Shu vaqtgacha uning narxi 9000 so‘m atrofida edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda qoniqarsiz ishlagan davlat idoralari ma’lum qilindi

Ekspertlar Suv xo‘jaligi, Energetika vazirligi hamda Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini qoniqarsiz deb baholadi. Bunga rahbarlarning ushbu yo‘nalishda shaxsiy tashabbusi yetarli emasligi ham sabab bo‘lgan. Eng yaxshi natija Soliq qo‘mitasida qayd etildi.

Nyu-Yorkda 2017 yil terakt amalga oshirgan Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. U 2017 yilda Nyu-Yorkda yuk mashinasida 8 nafar insonni bosib ketib o‘ldirgan va o‘nlab odamlarni jiddiy jarohatlagandi.

O‘zbekistonda elektr, gaz yoki vodoprovodga noqonuniy ulanish o‘g‘irlik etib belgilandi

Qonun bilan elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik deb belgilandi. MJtK va JKga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi ushbu jinoyatni sodir etganlar 6 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilga qamalishi mumkin.

Jizzaxda YPX xodimlari haqida video suratga olgan fuqarolar qamaldi — IIV

Tarmoqlarda jizzaxlik ikki fuqaro YPX xodimlari haqida suratga olgan hazilomuz video tarqaldi. IIV ma’lum qilishicha, ularning biri 15 sutka, boshqasi esa 10 sutkaga qamaldi.

Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketdi

Bir yil avval Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlangan Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi. Uning jinoyat ustida qo‘lga olingan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi.

Xatirchi tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

Namanganda o‘zini kanalga tashlagan 54 yoshli erkak halok bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘onlik erkak o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab, halok bo‘ldi. 54 yoshli fuqaroning nega bunday qilgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.