UzbekNefteGaz Petro Navro‘z bayrami munosabati bilan yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 benziniga bahoriy chegirmalar e’lon qildi. Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 14 martdan boshlab uning har litri 7500 so‘m etib belgilandi. Chegirmalar faqat cheklangan muddatga amal qiladi, deyiladi xabarda.

Hozirda benzin narxlari quyidagi narxda sotilmoqda:

  • Ai-80 — 6000 so‘m;
  • Ai-92 — chegirmada 7500 so‘m (shu vaqtgacha 9200 so‘m edi);
  • Ai-95 — 10 100 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgandi. Shunga ko‘ra, benzin narxi mart oyida ham oshmagan.