12 mart kuni Humo Arena sport majmuasining maydonida V International Tashkent Marathon start oldi. Nufuzli xalqaro sport musobaqasida ishtirok etish maqsadida Toshkentga 34 ta davlatdan sportchilar tashrif buyurdi. Professional sportchilar va yugurish sportining havaskorlari 3, 10, 21 va 42 km masofalarda yugurishdi.

Marafonni tashkil etishda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, «O‘zbekneftgaz» AJ va Toshkent shahri hokimiyati ishtirok etdi.

Marafonni ocharkan, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, bugungi ob-havo sharotiga qaramay, International Tashkent Marathon katta «sport oilasining» qismi bo‘lgan 5000 yaqin ishtirokchi to‘planganini ta’kidlab o‘tdi. Har yili, bahor kirib kelishi bilan, Toshkent marafoni barcha yugurish sporti havaskorlari uchun yangi yugurish mavsumini ochib, oldinda yana ko‘plab sport ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlar kutmoqda.

International Tashkent Marathon World Athletics tadbirlar kalendariga kirib, Markaziy Osiyodagi ahamiyatli xalqaro sport musobaqalaridan biri hisoblanadi. 2023 yilgi marafon doirasida professional sportchilar uchun 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalar ham o‘ynaldi.

реклама

Hattoki murakkab ob-havo sharoitlari ham Shohruh Davlatovga yarim marafon masofasida O‘zbekiston Milliy rekordini o‘rnatishga halaqit qilmadi. 1:03:38 vaqtini namoyish qilgan holda, u 2012 yil aprel oyida Dushanbe shahridagi yarim marafonda o‘rnatilgan, Andrey Petrovga tegishli bo‘lgan avvalgi rekordga nisbatan 49 soniyaga tezroq yugurib o‘tdi. Shohruh Davlatovning natijasi shuningdek, V International Tashkent Marathon musobaqasining yangi rekordi hisoblanadi, avvalgisi sportchi Nursultan Keneshbekovga tegishli bo‘lib, 1:04:31 natijani tashkil qilgan edi.

Beshinchi yubiley marafonda, fuqaroligidan qat’i nazar, barcha istaganlar ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Alohida e’tibor International Tashkent Marathon musobaqasida imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilarning xavfsiz ishtirok etishini ta’minlashga qaratildi. Shuningdek, temir daftarga kiritilgan qizlar va ayollar uchun marafonda ishtirok etish uchun bepul kvotalar taqdim etildi.

Marafonga start berilishi arafasida Toshkentga World Athletics texnik delegati Yukio Saki va IAAF Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining «A» toifasidagi trassaning rasmiy o‘lcham oluvchisi Ilya Mixaylovskiy tashrif buyurdi. International Tashkent Marathon yugurish trassasi AIMS Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan bo‘lib, qat’iy reglamentga muvofiq holda o‘tmoqda. Texnik mutaxassislar marafonga tayyorgarlik ko‘rishning asosiy bosqichlari bilan tanishib chiqdi, musobaqalarga jalb qilingan hakamlar va murabbiylar bilan suhbat qilishdi, hamda trassaning sifati va xavfsizligini tekshirishdi.

Shuningdek, xalqaro musobaqalarni tashkillashtirish bo‘yicha tajriba almashish, ishtirok etuvchi sportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida marafonga Markaziy Osiyo mamlakatlari Yengil atletika federatsiyasining vakillar delegatsiyalari tashrif buyurdi.

реклама

Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, eco-friendly prinsiplariga amal qilish bu kabi keng ko‘lamli tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda eng muhim masalalardan biriga aylandi. Masalan, ishtirokchilarning formasi ikkilamchi xomashyo asosida ishlab chiqilgan, «O‘zbekneftgaz» AJ esa shahar muhitiga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatilishini kamaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va tashkiliy qo‘mitaga BYD test elektromobillari taqdim etildi.

V International Tashkent Marathon umumiy mukofot fondi 259 mln 720 ming so‘mni tashkil qildi. 42 km masofada birinchi o‘rinni egallagan g‘olib uchun 30 mln so‘m ajratilgan (ikkinchi o‘rin uchun — 20 mln so‘m, uchinchi o‘rin uchun — 15 mln so‘m, to‘rtinchi o‘rin uchun — 10 mln so‘m, beshinchi o‘rin uchun — 8 mln so‘m, oltinchi o‘rin uchun — 5 mln so‘m).

Yarim marafon ishtirokchilari uchun quyidagi pul mukofotlari ko‘zda tutilgan:

  • birinchi o‘rin uchun — 20 mln so‘m;
  • ikkinchi o‘rin uchun — 15 mln so‘m;
  • uchinchi o‘rin uchun — 12 mln so‘m;
  • to‘rtinchi o‘rin uchun — 8 mln so‘m;
  • beshinchi o‘rin uchun — 6 mln so‘m;
  • oltinchi o‘rin uchun — 4 mln so‘m.

10 km masofaga ommaviy yugurish g‘oliblari:

  • birinchi o‘rin uchun — 6 mln so‘m;
  • ikkinchi o‘rin uchun — 4 mln so‘m;
  • uchinchi o‘rin uchun — 2 mln so‘mni qo‘lga kiritdilar.

3 km masofaga yugurish g‘oliblariga qimmatbaho sovrinlar topshirildi.

E’lon qilingan «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili doirasida asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shu kunning o‘zida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Urganch, Nukus, Toshkent, Buxoro va Qarshi shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab V International Tashkent Marathon doirasida 3 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi so‘nggi yillarda aholi orasida katta mashhurlik qozonib, Yengil atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkizilayotgan, jamoatchilik salomatligini rivojlantirish va ommaviy sportni ommalashtirishga qaratilgan ilk ijtimoiy loyihalardan biriga aylandi.

реклама

Yangi Nafas sport harakatining «Bir vatanda, bir startda, bir masofaga, bir maqsadda» yagona shiori ostida butun mamlakat bo‘ylab 75 mingga yaqin ishtirokchi masofada birlashdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy yugurish musobaqasiga davlat 57 ta oliygohidan 25 mingdan ortiq talabalar ham qo‘shildi.

Marafon arafasida «Paxtakor» stadionida skandinavcha yurish bo‘yicha musobaqalar va Kids Run ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etilib, unda 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ziyod bolalar va 90 ta ishtirokchi miqdorida yurish sportining havaskorlari qatnashdi.

V International Tashkent Marathon va Toshkentda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining g‘oliblari

42 km masofaga ayollar orasida:

  1. Gulshanoy Sattorova (Qirg‘iziston) — 2:46:30.
  2. Yekaterina Vasilchenko (Ukraina) — 2:59:28.
  3. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) — 3:00:29.

Erkaklar orasida:

  1. Baxtiyor O‘tkirov (O‘zbekiston) — 2:20:13.
  2. Ilya Tyapkin (Qirg‘iziston) — 2:25:68.
  3. Islam Amangos (Qozog‘iston) — 2:29:58.

21 km masofaga (yarim marafon) ayollar orasida:

  1. Aynuska Halil qizi (Qirg‘iziston) — 1:15:47.
  2. Aziza Mirzakbarova (O‘zbekiston) — 1:21:32.
  3. Mohinabonu Kamilova (O‘zbekiston) — 1:24:17.

Erkaklar orasida:

  1. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) — 1:03:38.
  2. Nodir Mutalipov (O‘zbekiston) — 1:06:50.
  3. Mixail Kulkov (Rossiya Federatsiyasi) — 1:07:57.

10 km masofaga ayollar orasida:

  1. Sitora Hamidova (O‘zbekiston) — 00:39:34.
  2. Shohsanam Hurramova (O‘zbekiston) — 00:40:46.
  3. Komola Ablayeva (O‘zbekiston) — 00:42:23.

Erkaklar orasida:

  1. Bekzod Baymatov (O‘zbekiston) — 00:34:14.
  2. Alisher Ahmatillayev (O‘zbekiston) — 00:34:30.
  3. Xasan Mirsaatov (O‘zbekiston) — 00:34:48.

3 km masofaga ayollar orasida:

  1. Anastasiya Silchinkova (O‘zbekiston) — 00:10:27.
  2. Guzal Mahamatovaliyeva (O‘zbekiston) — 00:10:39.
  3. Oyzira Jo‘raqulova (O‘zbekiston) — 00:10:43.

3 km masofaga erkaklar orasida:

  1. Diyorbek Ahmedov (O‘zbekiston) — 00:09:16.
  2. Eldor Batыrov (O‘zbekiston) — 00:09:17.
  3. Jahongir Rahmatullayev (Uzbekistan) — 00:09:33.

Reklama huquqlari asosida.