Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-20) Osiyo kubogi chorak finalida Avstraliya terma jamoasini mag‘lub etdi. 11 mart kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasida o‘zbekistonliklar raqiblarini ortda qoldirdi.

Uchrashuvning 77-daqiqasida Avstraliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Gabriyel Popovich tomonidan kiritilgan goldan so‘ng hisob ochildi. Ammo oradan ikki daqiqa o‘tib «Nasaf» yarim himoyachisi Zafarmurod Abdirahmatov hisobni tenglashtirdi (video).

Penaltilar seriyasida bosh murabbiy Ravshan Haydarov shogirdlari aniqroq harakat qilishdi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining yarim finaliga chiqdi va 20 may — 11 iyun kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha jamoalar guruh bosqichida o‘ynagan. Xususan, terma jamoa Suriya (2:0) va Iroq (1:0) ustidan ikki marta g‘alaba qozonib, Indoneziya (0:0) bilan durang o‘ynagan holda 7 ochko bilan guruhini birinchi o‘rinda yakunlagan.

Yana bir chorak final uchrashuvida Iroq Eronni mag‘lub etgan (1:0). 12 mart kuni Koreya va Xitoy, shuningdek, Yaponiya va Iordaniya terma jamoalari o‘ynaydi.

Foto

futbol, jahon чемпионати, u-20 осиё kubogi

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi