Eron va Saudiya Arabistoni vakillari Pekindagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi va mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda Eronning Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Bayonotga ko‘ra, tomonlar diplomatik munosabatlarni tiklash, shuningdek, ikki oy ichida o‘z elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarini ochishga kelishib olgan. Tashqi ishlar vazirlari kelishuvni amalga oshirish tafsilotlari va elchilar almashinuvini kelishib olishi kerak.

Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shohmoniy va Saudiya Arabistoni milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Musad Al Ayban o‘rtasidagi muzokaralar 6−10 mart kunlari bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning yanvarida Eron rasmiylari Saudiyada shia ruhoniysi Nimr an-Nimraning qatl etilishini tanqid qilgani va Tehrondagi qirollik elchixonasi yoqib yuborilganidan keyin rasmiy Ar-Riyod Eron bilan diplomatik aloqalarini uzgan.