Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni yangi tahrirda qabul qildi.

Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda.

Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangan, shuning uchun hujjat nomi «Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar»dan «Yangi tahrirdagi Konstitutsiya»ga o‘zgartirildi.

Avvalroq O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinishi, ayrim lavozimlarni surunkasiga 2 martadan ortiq egallash taqiqlanishi mumkinligi, senatorlar soni qisqarishi, hokimlar va kengashlar raislarining vakolatlari taqsimlanishi va boshqalar kutilayotgani haqida xabar bergandik.

«Gazeta.uz» ma’lumotiga ko‘ra, prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish to‘g‘risidagi o‘zgartirish saqlanib qolgan.

конституцион ислоҳот, yangi конституция, қонунчилик palatasi

137 deputatdan 132 nafari qonunni yoqlab ovoz berdi, 2 nafari betaraf qoldi, 3 nafari ovoz bermadi.