Uzbekistan Airports matbuot xizmati O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga chiqishda belgilangan viza talablari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Rossiya, Ukraina, Belarus, Niue va Kuk orollariga viza talab etilmaydi. Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Mikroneziya, Sent-Vinsent va Grenadin orollariga 30 kungacha viza so‘ralmaydi.

Ozarbayjon, Moldova, Gaiti, Namibiya, Ekvador mamlakatlarida 90 kungacha, Armaniston, Antigua va Barbuda davlatlarida esa 180 kungacha vizasiz yurish mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolaridan viza olmasdan borishlari mumkin bo‘lgan davlatlar ham mavjud. Biroq vizalar belgilangan mamlakatga kelganda yoki oldindan onlayn tarzda olinishi lozim bo‘ladi.

Shu maqsadda kompaniya chet el safaridan oldin kirish vizalari, bo‘lish muddatlari va kerakli hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni tekishirishni tavsiya etadi.