Qizilqum davlat qo‘riqxonasining cho‘l va to‘qay o‘rmonlari tutashgan joyga o‘rnatilgan fotoqopqoniga Buxoro bug‘usi (xongul) tushib qoldi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar qildi.

Bahor kelishi bilan ushbu cho‘l hududida efemer o‘simliklar unib chiqa boshlaydi. Shu sabab hayvonlar bu yerda ovqatlanish uchun keladi.

Buxoro bug‘usi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Shuningdek, Zomin davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon obyektiviga Turkiston silovsini muhrlandi.

Turkiston silovsini ham «Qizil kitob»ga kiritilgan bo‘lib, kamyob tur hisoblanadi.

Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ilmiy xodimlari tomonidan monitoring jarayonida pushti saqoqushlar suratlari olindi.

табиат ресурслар vazirligi, fotoqopqon

Pushti saqoqush O‘zbekiston «Qizil kitob»iga zaif, qisqarib borayotgan uchib o‘tuvchi-uyalovchi tur maqomi bilan kiritilgan. Ushbu qush shuningdek, TMXI (Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi) Qizil ro‘yxatiga ham kiritilgan.