Namangan shahri Davlatobod tumani hokimning innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurasul Qayumov vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u nafas yetishmovchiligi sababli Respublika ko‘p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Abdurasul Qayumov 1995 yil Namangan shahrida tug‘ilgan. 2018 yil Malayziyaning LimKokWing ijodiy texnologiya universiteti (kunduzgi) tamomlagan.

2022 yilning 16 avgustida Davlatobod tuman hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungacha hokimlikda investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.