Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda uning matbuot xizmati.

Tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. Yangi loyihalar ishga tushirilib, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi.

Budanda avval prezident 17 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurgandi. Safar davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishgan.