Samarqand shahar So‘g‘diyona mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan Dobusya Samarqand Aqualand MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Xususan, ushbu tadbirkorlik subyektiga tegishli mehmonxonada yashirincha o‘rnatilgan o‘chirgich orqali elektr hisoblash tizimiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi. Natijada iste’molchiga 16,9 mln kW⋅soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 7,6 mlrd so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, deyiladi xabarda.