Prezidentning 22 fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Shavkat Rahmonov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

U bir vaqtning o‘zida Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i ham hisoblanadi. Shavkat Rahmonov 2022 yilning fevralidan shu paytga qadar Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Unga qadar 2019 yildan buyon Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgandi.