Turkiyadagi zilzilalar 1,5 mln kishini uysiz qoldirdi — BMT

Oxirgi zilzilalar natijasida Turkiyada 1,5 mln kishi boshpanasiz qolgan, mamlakatda 500 mingga yaqin turar joy rekonstruksiyaga muhtoj. Bu haqda seshanba kuni BMT Taraqqiyot Dasturi/UNDP/ning Turkiyadagi doimiy vakili Luiza Vinton onlayn press-brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati zilzilalardan zarar ko‘rgan binolarning qariyb 70 foizini tekshirgan. 412 ming uy-joy vayron bo‘lgan yoki to‘liq buzilishi kerak.

Yakshanba kuni hukumat qidiruv-qutqaruv ishlarini yakunladi, vayronalar ostidan omon qolgan oxirgi odam zilzilalardan deyarli 300 soat o‘tib topildi, dedi Vinton.


Turkiyada halokatli zilzilalardan keyin 340 dan ortiq kishi hibsga olindi

Turkiyadagi zilzilalardan keyin talonchilik va qurilish qoidalarini buzganlikda ayblanib hibsga olinganlar soni 340 kishidan oshdi. Bu haqda TASS «TRT» telekanaliga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, zilziladan jabr ko‘rgan 11 viloyat bosh prokurorlari tomonidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari natijasida yer silkinishi natijasida qulagan binolarni qurish qoidalarini buzganlikda gumon qilingan 564 nafar shaxs aniqlangan. Ulardan kamida 160 nafari hibsga olingan. Qolganlari qidirilmoqda.

Talonchilik holatlari bo‘yicha tergov doirasida 282 nafar gumondor aniqlanib, ulardan 181 nafari qo‘lga olindi.


BMT AQSh va Rossiyani Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomani amalga oshirishga qaytishga chaqirdi

Seshanba kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSh va Rossiyani Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnoma bo‘yicha shartnomani to‘liq amalga oshirishga zudlik bilan qaytishga chaqirdi.

Stefan Dyujarrik.Stefan Dyujarrik.

BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, bu pozitsiyani jahon tashkiloti rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomadagi RF ishtirokini to‘xtatish haqidagi bayonotidan keyin aytgan.

Ikki davlat tomonidan birin-ketin imzolangan shartnoma va strategik yadroviy qurollarni qisqartirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar nafaqat Rossiya va AQSh, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun xavfsizlik kafolatlarini beradi", — dedi Dyujarrik.


Koreya Respublikasi, AQSh va Yaponiya harbiy-dengiz kuchlarining raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkazdi

Chorshanba kuni Koreya Respublikasi, AQSh va Yaponiya Koreya yarimoroli sharqidagi ochiq dengizda raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Sinxua Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab rahbarlari Birlashgan qo‘mitasiga tayanib xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Janubiy Koreyaning «Buyuk qirol Sejong», Amerikaning «Berri» va Yaponiyaning «Atago» esminetslari qatnashgan. Manyovrlarda asosan ballistik raketa nishonlari to‘g‘risida ma’lumot almashish, ularni aniqlash, kuzatish va tutib olish ko‘nikmalari mashq qilindi.


Moskva markazidagi yong‘inda yetti kishi, jumladan ikki bola halok bo‘ldi

Moskva markazidagi yong‘in qurbonlari soni yetti nafarga yetdi, ulardan ikki nafari bola. Yana 11 kishi jarohatlangan.

jahon янгиликлари

TASS xabariga ko‘ra, yong‘in seshanba kuni kechqurun Mejdunarodnaya ko‘chasidagi 16 qavatli binoda sodir bo‘lgan. Unda mehmonxona va sobiq yotoqxona joylashgan. Yong‘in binoning xonadonlar joylashgan qismida boshlangan. O‘t o‘chiruvchilar 50 kishini qutqardi, 200 kishi evakuatsiya qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ushbu yotoqxonada yashovchilarga nisbatan nafrat sababli noma’lum shaxs tomonidan uyushtirilgan. RF Tergov qo‘mitasi yong‘inda odamlarning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.


O‘tgan dam olish kunlarida AQShda 10 ta ommaviy otishma yuz berdi

Qurolli zo‘ravonlik arxivi /Gun Violence Archive/ ma’lumotlariga ko‘ra, 17−19 fevral kunlari AQShda 10 ta ommaviy otishma sodir bo‘lgan.

jahon янгиликлари

Dushanba kuni USA Today xabariga ko‘ra, otishmachilarni hisobga olmaganda, taxminan to‘rt yoki undan ortiq odam halok bo‘ldi.

Qurolli zo‘ravonlik arxivi bosh direktori Mark Brayantning aytishicha, bir dam olish kunlarida 10 ta ommaviy otishma «yilning bu fasli uchun juda ko‘p». Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Qo‘shma Shtatlarda qurolli zo‘ravonlik odatda issiq oylarda kuchayadi.


Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilda reydlar o‘tkazmoqda

Chorshanba kuni G‘arbiy Sohilning Nablus shahrida Isroil mudofaa kuchlari (IDF) qo‘shinlari bilan to‘qnashuvda ikki (keyinroq to‘qqiz) falastinlik halok bo‘ldi, yana 20 nafari yaralandi, deb xabar bermoqda Falastinning «Vafa» axborot agentligi Falastin milliy ma’muriyati sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Chorshanba kuni ertalab SAXAL Nablusda terrorchilik faoliyatida gumon qilingan falastinliklarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, reyd davomida mahalliy aholi bilan qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.


Hindiston va Xitoy chegaradagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

Chorshanba kuni Hindiston va Xitoy ikki davlat chegarasidagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, hali ham saqlanib qolayotgan chegara hududlarida qo‘shinlarni o‘zaro olib chiqish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi. Bu haqda TASS Hindiston tashqi ishlar vazirligi press-reliziga tayanib xabar berdi.

Ikki davlat diplomatlarining yuzma-yuz uchrashuvi qariyb to‘rt yil ichida ilk bor Pekinda o‘tkazildi.

«Ikkala tomon Hindiston-Xitoy chegara hududlarining g‘arbiy sektoridagi Haqiqiy nazorat chizig‘i bo‘ylab vaziyatni ko‘rib chiqdilar hamda G‘arbiy sektorda tinchlik va osoyishtalikni tiklashga yordam beruvchi [qo‘shinlarni] joylashtirish, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlardagi odatiy holatni qayta tiklash uchun sharoit yaratish bo‘yicha takliflarni konstruktiv va ochiq muhokama qildilar», deyiladi TIV bayonotida.