Ekspertizadan o‘tkazilgan qonunchilik hujjatlarining 243 tasida 350 ta korrupsiyaviy omil aniqlagan. Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2022 yil davomida ijtimoiy himoya, moliya va bank, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda bojxona ishiga oid 1 860 ta qonunchilik hujjati korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, hujjatlarda 350 ta korrupsiyaviy omil aniqlagan.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 293 ta loyiha korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan va ularda korrupsiyaviy omillar aniqlanmagani ma’lum qilingan. Lekin ushbu loyihalar Adliya vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganda ularda 457 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.

коррупция, ҳужжатлар

Bundan tashqari vazirlik tomonidan 2022 yilda 280 ta loyihalar hamda 18 ta amaldagi qonunchilik hujjatlari tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilgan.

Mazkur jarayon davomida loyihalarning 136 tasi uni ishlab chiqqan vazirlik va idoralar tomonidan tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilmaganligi, 144 tasi bo‘yicha to‘ldirilgan hisobotlar talab darajasida emasligi aniqlanib tegishli xulosalar berilgan.

коррупция, ҳужжатлар

Shuningdek «Korrupsiyadan xoli qonunchilik»ni yaratish maqsadida 2026 yilga qadar amaldagi 21 mingga yaqin qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi ta’kidlandi.