Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi ba’zi joylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar qildi Energetika vazirligi.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani «Mevazor» MFY hududidan o‘tkan yer osti yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi aniqlangan va holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli 21 fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tumanning quyidagi iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Shundan aholi iste’molchilari:

  • «Mevazor» MFYdagi 122 ta uy xo‘jaliklarida;
  • Geologlar ko‘chasidagi 149 ta uy xo‘jaliklarida;
  • Gulzor ko‘chasidagi 150 ta uy xo‘jaliklarida;
  • Tong ko‘chasidagi 148 ta uy xo‘jaliklarida;
  • Uzumzor ko‘chasidagi 151 ta xo‘jaliklarida;
  • Ming o‘rik ko‘chasidagi 139 ta xo‘jaliklarida;
  • Olmazor ko‘chasidagi 158 ta uy xo‘jaliklarida.

Ulgurji iste’molchilar:

  • «Mevazor» MFYdagi 3 ta;
  • Geologlar ko‘chasidagi 3 ta;
  • Gulzor ko‘chasidagi 3 ta;
  • Tong ko‘chasidagi 2 ta;
  • Uzumzor ko‘chasidagi 1 ta;
  • Ming o‘rik ko‘chasidagi 4 ta;
  • Olmazor ko‘chasidagi 7 ta.

Shuningdek, Chilonzor tumani «Lutfiy» MFY Lutfiy ko‘chasi 93−94-uylar oralig‘idagi yer osti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi aniqlangan hamda holatini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli 21 fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar tumanning quyidagi iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shundan aholi iste’molchilari:

  • «Lutfiy» MFYdagi 378 ta uy xo‘jaliklarida hamda 2 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 98 ta aholi xonadonlarida;
  • «1-Qatortol» MFYdagi 356 ta uy xo‘jaliklarida va 2 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 128 ta aholi xonadonlarida;
  • «Nafosat», «Diyor» MFYlardagi 58 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 2 298 ta aholi xonadonlarida;
  • «Qatortol» va «Cho‘pon ota» MFYlardagi 48 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 896 ta aholi xonadonlardida;
  • «Bog‘zor», «Oqtepa» MFYlardagi 64 ta ko‘p qavatli uylardagi 2 682 ta aholi xonadonlarida.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi qayd etilgan.

«Iste’molchilar barcha gaz jihozlarni o‘chirib qo‘yishlarini, shu bilan bir qatorda tabiiy gazdan foydalanishda texnik qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz. Zarurat tug‘ilganda 1104 qisqa raqami yoki 104 dispetcherlik xizmati bilan bog‘lanish mumkin. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi vazirlik xabarida.