Turkiyada ikkita yangi zilzila sodir bo‘ldi

Turkiya janubidagi Hatay viloyatida ikkita yangi zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD)ga tayanib.

6,4 magnitudali birinchi silkinish mahalliy vaqt bilan 20:04 da, ikkinchisi 5,8 magnitudali 20:07 da qayd etilgan.

Zilzila o‘choqlari mos ravishda Defne va Samandag tumanlarida joylashgan. Birinchi zilzila o‘chog‘i 16,7 km, ikkinchisi 7 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila qo‘shni viloyatlarda ham sezilgan.


Hatay meri yangi zarbalardan keyin uylar vayronalari ostida odamlar borligini aytdi

Turkiyaning Hatay viloyati gubernatori Lutfyu Savash dushanba kuni yangi zilzilalardan keyin odamlar qulagan uylar vayronalari ostida qolganini aytdi.

«Afsuski, bir qancha uylar qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketishdi», dedi Savash NTV telekanali efirida. Uning qayd etishicha, qutqaruvchilar yordamga borgan.


OAV Suriyadagi yangi zilziladan keyin vayronagarchilik va yaradorlar haqida xabar berdi

Suriyaning ikki shahrida yangi zilzila oqibatida binolar qulab tushdi, qurbonlar bor, deya xabar berdi RIA Novosti «Al-Arabiya» telekanali manbalariga tayanib.

«Yangi zilzila tufayli Suriya shimolidagi Al-Bob va Harim shaharlarida binolarning qulashi oqibatida jabrlanganlar bor», — dedi manbalar.


AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga bordi

20 fevral kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Yevropaga tashrifi doirasida Kiyevga bordi.

жаҳон yangiликлари

Amerika yetakchisi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Mixaylovskiy maydonida ko‘rishdi va urushda halok bo‘lgan ukrain harbiy xizmatchilarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu paytda shaharda havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga yangragan.


BMT dunyodagi eng zaif odamlarga yordam berish uchun 250 mln dollar ajratadi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish shanba kuni tashkilotning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg‘armasidan (CERF) eng zaif odamlarga yordam berish va ochlikning oldini olish uchun 250 mln dollar ajratilishini e’lon qildi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, rekord darajadagi 250 mln dollar 19 mamlakat, jumladan Afg‘oniston, Burkina-Faso, Gaiti, Mali, Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan va Yamanda ochlik girdobida yashayotgan 20 mlndan ortiq odamlarga yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu mablag‘lar oziq-ovqat xavfsizligiga qarshi kurashish va iqlim ta’sirini bartaraf etish uchun Chad, Kolumbiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Eritreya, Efiopiya, Gonduras, Keniya, Livan, Madagaskar, Pokiston va Sudanga yo‘naltiriladi.


Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketani uchirdi — KXDR MTA

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) shanba kuni «Xvason-15» qit’alararo ballistik raketasini uchirdi. Bu haqda Sinxua yakshanba kuni KXDR Markaziy telegraf agentligiga (MTA) tayanib xabar berdi.

Raketa shanba kuni Pxenyan xalqaro aeroportidan uchirilgan va sharqiy suvlardagi soxta nishonga tekkan. Parvoz Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komissiyasi raisi Kim Chen Inning yozma buyrug‘iga muvofiq amalga oshirildi.

MTA bu harakat qurol tizimlarining ishonchliligini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, KXDR yadroviy kuchlarining jangovar tayyorgarligini namoyish etish maqsadida qilinganini bildirdi.


Braziliyada kuchli yomg‘irlar va ko‘chkilar qurbonlari soni 36 kishiga yetdi

Braziliya janubi-sharqidagi San-Paulu shtati qirg‘oqlarida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda yakshanba kuni rasmiylar ma’lum qildi.

Avvalroq shtat hukumati vakili qurbonlar soni 19 kishi ekanligini ma’lum qilgandi. Qurbonlar orasida oilasining uyiga tosh qulashi oqibatida halok bo‘lgan yetti yoshli qiz va daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan ayol ham bor. Bu haqda mahalliy GloboNews telekanali xabar berdi.

To‘fon SanSan-Sebastyan, Ubatuba, Bertioga, Guaruja, Ilyabela va Santos munitsipalitetlariga ta’sir ko‘rsatdi.


Qozog‘iston shimolida yuk poyezdi va mikroavtobus to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Oqmola viloyatida dushanba kuni yuk poyezdi va mikroavtobusning to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda dushanba kuni mamlakat Ichki ishlar vazirligi o‘zining «Telegram» kanalida ma’lum qildi.

жаҳон yangiликлари

«Burabay-Ostona» yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk poyezdi Novokubank qishlog‘ida yashovchi 46 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Jiefang rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi.

Hodisa oqibatida mikroavtobus haydovchisi va ikki yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana uch nafar yo‘lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisi svetoforning taqiqlangan chirog‘ida shlagbaumni aylanib o‘tib, temir yo‘lga chiqib ketgan.


Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak otishma sodir etganlikda gumonlanmoqda

20 fevral kuni Qozog‘istonning Chimkent viloyatida otishma yuz berdi. Hozirda hujumni uyushtirgan shaxs qo‘lga olingan.

жаҳон yangiликлари

Tarqalgan videolarda Chimkent ko‘chalarida erkak qurollangan holda yugurayotgani va odamlar undan qochayotganini ko‘rish mumkin. Lavhada, shuningdek, o‘q va qichqiriq ovozi ham eshitilgan.

Keyinroq erkak politsiya mashinasini ko‘rib qolib, o‘sha tomonga borgan. Politsiya xodimlari bir muddat o‘tib, hujum uyushtirgan shaxsni qo‘lga olgan.


Minsk yaqinida mikroavtobus ishtirokidagi YTHda 11 kishi halok bo‘ldi

Minsk viloyatida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 11 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi, deb xabar berdi Belarus IIV.

жаҳон yangiликлари

«Bugun, taxminan soat 15.00 R-69 Smolevichi-Shatsk avtomobil yo‘lining 9-kilometrida MAZ yuk mashinasi qat’iy yo‘nalishli taksi bilan to‘qnashib ketdi. 11 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi. olti nafariga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazildi», — deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida.