20 fevral kuni Farg‘ona viloyatida Sharqiy harbiy okrugga qarashli garnizonda rejalashtirilgan jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu vaqtda jangovar texnikalar shahar atrofida mashg‘ulotlar rejaga muvofiq harakatlanadi. Sinovlar okrug qo‘mondoni boshchiligida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari ishtirokida kuzatib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga har tomonlama baho beriladi, deyiladi xabarda.

мудофаа vazirligi, фарғона вилояти, шарқий harbiy okrug

мудофаа vazirligi, фарғона вилояти, шарқий harbiy okrug

Foto: Mudofaa vazirligi

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, okrugda rejalashtirilgan jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Okrug shaxsiy tarkibi signal bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni olib, jangovar texnikalar bilan Sho‘rsuv poligoniga yo‘l olgan.

Olib borilayotgan jangovar o‘quv mashg‘ulotlari davomida okrug shaxsiy tarkibi uchun harbiy texnikalarni platformalarga joylashtirish vazifasi musobaqa tarzida o‘tkazildi. 7 daqiqadan 12 daqiqagacha belgilangan vaqtlar oralig‘ida eng yaxshi natijani ko‘rsatgan ekipaj harbiy qism komandiri tomonidan rag‘batlantirildi.