O‘zgidromet xizmati respublika bo‘ylab 20 fevral dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatning barcha hududlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 metr/sekund tezlikda esadi.

Toshkentda harorat kechasi +2…+4 daraja, kunduzi +14…+16 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida harorat kechasi −2…+3 daraja, kunduzi +4…+15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdayoryo viloyatlarida harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +12…+18 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi 2−7 daraja, kunduzi 13−18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5−10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi −2…+3 daraja, kunduzi +9…+14 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7−12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi −2…−7 daraja, kunduzi +3…8 daraja bo‘ladi.