11 fevral kuni soat 16:00 da Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan o‘tgan 4R4 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida GAZ-3129 («Volga») rusumli avtomobil Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi. Bu haqda Avtopatrul ko‘rsatuvida xabar berildi.

2000 yilda tug‘ilgan fuqaro haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan GAZ-3129 rusumli avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib, boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada yo‘lning o‘ng tomonidagi Bo‘zsuv kanaliga ag‘darilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda haydovchi mashinadan chiqolmay, suvda cho‘kib vafot etgan. Qutqaruvchilar tomonidan mashina kanaldan olib chiqilgan.