17 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi.

Safar davomida davlat rahbari mahallalar hayoti va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, viloyatni rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qiladi.

O‘tgan hafta prezident Jizzax viloyatiga ham tashrif buyurgandi.