Andijon va Navoiy viloyatlarida aholi quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi

Hokimliklar jarayon «faqat tavsiya sifatida» va «hech bir majburlovlarsiz» kechayotganini bildirdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, «ratsional harakat ongli va ongsiz ravishda obro‘sizlantirilmoqda».

O‘zbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida mahkumlarni topshirish bo‘yicha hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi

Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hozirda Qozog‘istonda 486 nafar o‘zbekistonlik qamoqda saqlanayotgani aytildi. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik mahkum bor.

O‘zbekistonda mahkumlarning jazoni o‘tash davridagi mehnati pensiya tayinlashda hisobga olinadi

Prezident imzolangan qonun bilan endi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Afg‘oniston Mozori Sharifda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligini tiklash choralarini ko‘radi — O‘zbekiston TIV

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorliklari vayron qilinganiga munosabat bildirdi. Afg‘oniston tomoni bilan bog‘langan vazirlik bu vandalizm «noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati» ekanini bildirib, yodgorliklarni tiklash choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

«Avtomobilga navbatlar yo‘q bo‘ladi, faqat ozgina sabr qiling» — «O‘zavtosanoat» rahbari

«O‘zavtosanoat» raisi Shavkat Umurzoqov avtomobilni navbatsiz olish uchun «shapka»ni qonuniylashtirishga qarshi ekanini ma’lum qildi. Uning fikricha, navbatlar muammosini faqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish bilan yengish mumkin. Kompaniya 2023 yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Namangandagi sexda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Namangan tumanidagi cho‘yan quyish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana bir ishchi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 28 yoshli yigit vafot etdi

Amudaryo tumanida Damas va Lacetti o‘rtasida bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida Lacetti boshqaruvidagi 28 yoshli yigit vafot yetdi. Damas haydovchisi va yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Markaziy Osiyo davlatlari vazirlari qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishni muhokama qildi

Markaziy Osiyo mamlakatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari soha samaradorligini oshirish, uni modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. Buning uchun ham ichki, ham tashqi manbalardan yirik moliyaviy investitsiyalar talab etilishi aytildi.

Xorazmning ikki tumaniga hokimlar tayinlandi

Zafar Abdrimov Hazorasp tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Shuningdek, avval Urganch tumani prokurori bo‘lgan Ruslan Jumaniyazov Yangibozor tumaniga hokim bo‘ldi.

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lari bosqichma-bosqich ochilishi mumkin

Energetika vazirligi mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda hafta oxirigacha vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlar faoliyatini bosqichma-bosqich tiklash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikda ishini davom ettirmoqda

Yanvar oyida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikning qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida ishini davom ettirmoqda.

Qamchiq dovonida qor ko‘chdi, avvalroq transport harakati to‘xtatilgandi

«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida qor ko‘chkilari sodir bo‘ldi. Hozirda yo‘llar tozalanmoqda, yo‘lovchilar uchun isitish punktlari tashkil etildi. Farg‘ona vodiysiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

2022 yilda O‘zbekistonda 5,1 mln kishi xorijga sayohat qildi

O‘zbekistonlik sayyohlar soni yil davomida ikki baravarga ko‘payib, 5,16 mln kishiga yetdi. Sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bo‘ldi.

O‘zbekistonda may oyidan IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi may oyidan boshlab o‘tkaziladi. Unda 30 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar beshta asosiy, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar esa maxsus yo‘nalish bo‘yicha jamoaviy ishtirok etishi mumkin.

Toshkentdagi Milavitsa do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi

Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytarib, ularning bir qismini almashtirdi. Suratlar internetdagi tanqid va tuman hokimligi bilan o‘tkazilgan «tushuntirish suhbati»dan so‘ng olib tashlangandi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.