13 fevral kuni soat 08:05 da Nexia-2 avtomobili haydovchisi Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi «Baziquvur» kanaliga tushib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Voqeaga ehtiyotsizlik oqibatida haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Viloyat FVB maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi xodimlari voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suvdan chiqarib olgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar bo‘lmagan.

nexia, канал